Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka bank OTP Group x Uzcard Forum 2024

Ipoteka-bank OTP Group Boshqaruv Raisi Sandro Rtveladze Uzcard Forum 2024 da "Open banking" ga bag‘ishlangan panel muhokamasi ishtirokchisi sifatida “O‘zbekistonda moliya sektori uchun "Open banking" ni transformatsion salohiyatini kengaytirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda moliyaviy inklyuzivlikni rivojlantirish borasida nutq so’zladi.

Sandro Rtveladze "Open banking" ni asosiy afzalliklari haqida to’xtalib o’tdi. Xususan,

∙ Shaffoflikni oshirish: mijozlar haqidagi ma’lumotlardan ochiq foydalanish banklarga yanada moslashtirilgan xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi.
∙ Hamkorlik: banklar va fintex kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini o’rnatish, innovatsion mahsulotlar va xizmat turlarini rivojlantirishga yordam beradi.
∙ Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish: moliyaviy xizmatlardan kengroq foydalanish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Sandro Rtveladze so‘zining yakunida, ushbu voqealar O‘zbekistonda moliya sektorini modernizatsiya qilish va jadal iqtisodiyotni qurish yo‘lidagi muhim qadam ekanini ta’kidladi.