Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka bank yana bir bor tengsiz deb topildi

Nashr etilgan: 17 yanvar, 2020

Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tashkillashtirilgan “Yil tanlovi-2019” tanlovida “Ipoteka-bank”АTIB “2019 yilda aholi turmush darajasini oshirishda xalqqa eng yaqin boʼlgan madadkor bank” nominatsiyasi gʼolibi deb topildi.




Mazkur tanlov 2019 yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan samarali natijalarga erishgan vazirliklar davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari jamoat tashkilotlari, respublika hududlari oʼrtasida eʼlon qilingan edi.



Tanlovda bizga ovoz bergan barcha yurtdoshlarimizga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz. 
Oʼzaro hamkorligimiz bardavom boʼlsin!