Nashr etilgan: 18 sentyabr, 2019
Bugungi kunda valyuta liberiliziatsiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bir qatorda valyuta operatsiyalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga ham ko‘plab o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish maqsadida bankning barcha filiallari tashqi iqtisodiy faoliyat yo‘nalishi bilan bog‘liq mas’ul xodimlari uchun joriy yilning 14 sentyabr kuni “Ipoteka-bank” ATIB Mehnat filialida “Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va monitoring qilish” mavzusida seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Seminarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi:
- Valyuta amaliyotlarini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarga kiritalyotgan o‘zgartirishlar;
- Tashqi savdo shartnomalari monitoringi;
- Xorijiy valyutadagi to‘lov topshiriqnomalarni ijro etish tartibi;
- Xorijiy valyutani sotish va sotib olish bilan bog‘liq valyuta operatsiyalarini amalga oshirish;
- Savdoni moliyalashtirish va hujjatli akkreditiv amaliyotlari xususida.
Seminar yakunida erkin muloqot uyushtirilib, bunda asosiy e’tibor filiallar tomonidan ish jarayonida vujudga kelayotgan muammoli vaziyatlar bo‘yicha savollarga javoblar berildi hamda mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.
O‘tkazilgan seminar mashg‘uloti filiallarda tashqi iqtisodiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha yuzaga kelgan ba’zi qiyin vaziyatlarning echimini topishga sabab bo‘lish bilan bir qatorda, kelgusida ushbu yo‘nalishda mijozlarga sifatli va malakali xizmat ko‘rsatishda yana bir omil bo‘lib xizmat qiladi.