Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Risklarni boshqarishni o‘rganish – davr talabi

Nashr etilgan: 30 sentyabr, 2019

Bugungi kunda, mamlakatimiz bank tizimini takomillashtirish va jahon standartlariga yaqinlashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bank risklarni boshqarish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ham shular jumlasidandir.


Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda Ipoteka-bankni zamonaviy tijorat bankiga transformatsiya qilish bo‘yicha ishlar doirasida risklarni boshqarish tizimini tubdan isloh qilinib, Bazelь qo‘mitasi talablari asosida qayta tashkil etilmoqda. Bankda Risklarni boshqarish siyosatlari, Risklarni boshqarish strategiyasi va Risk-appetiti yangidan ishlab chiqildi, Risklarni nazorat qiluvchi va boshqaruvchi qo‘mitalar tashkil etildi va faoliyatini olib bormoqda, risk hisobotlari yangicha talqinda ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi, likvidlilik, foiz, valyuta, kredit risklari bo‘yicha stress-testlarning yangi modellari yaratildi, tasdiqlangan siyosatlardagi normalarni amaliyotga jalb qilish ishlari boshlandi.


Bugungi kun zamonaviy bank faoliyatida risklarni boshqarish muhim ahamiyat kasb etayotganligi, hamda risklarni boshqarish bo‘yicha barcha rahbar xodimlar zaruriy bilim va tushunchalarga ega bo‘lishlari zarurligini inobatga olgan xolda, 2019 yilning 27-28 sentyabr kunlari “Ipoteka-bank” ATIB Bosh ofisi va Toshkent shahar filiallarining rahbar hodimlari uchun Xalqaro moliya korporatsiyasi eksperti, ko‘plab xorijiy banklarning risk menejment tizimida faoliyat ko‘rsatgan, bank risklarini boshqarish bo‘yicha katta amaliy tajriba egasi hisoblanuvchi Serpil Shax xonim tomonidan “Bank risklarini boshqarishning umumiy tamoyillari” mavzusida seminar trening tashkil etildi.  


Mazkur seminarda bank risklarni boshqarish tizimi, risk madaniyati, aktiv va passivlarni boshqarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan likvidlilik, valyuta va foiz risklari, shuningdek kredit va operatsion risklarini boshqarishning xalqaro andozalari xaqida atroflicha tushuntirish berib o‘tildi. Seminar yakunida ishtirokchilarning barchasi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga xalqaro ekspert tomonidan batafisil javob olishdi.