Nashr etilgan: 17 sentyabr, 2019
2019 yil 16 sentyabr kuni Toshkentda «Ipoteka-bank» АTIBda Yevropa Tiklanish va taraqqiyoti bankining (YETTB) maslahatchisi, Igor Russin ishtirokida «Savdoni moliyalashtirish uchun YeTTBning qisqa muddatli kreditlaridan foydalanish» mavzusida seminar boʼlib oʼtdi.
Seminarda Ipoteka-bank Bosh ofisi va Toshkent shahar filiallari xodimlari ishtirok etdilar.
Mazkur seminar YETTBning «Savdoni rivojlantirishga koʼmaklashish» dasturi doirasida bank individual konsalting xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha tashkil etildi.
Seminar davomida savdoni moliyalashtirish, eksport oldi va importdan keyingi moliyalashtirish, xalqaro toʼlov shakllari, xujjatli akkreditivlar boʼyicha YETTBning qisqa muddatli qayta tiklanadigan avanslari kreditlaridan foydalanish boʼyicha atroflicha maʼlumotlar berildi.
«Ipoteka-bank» АTIB 2001 yildan beri YETTB bilan oʼzaro samarali hamkorlik aloqalarini yoʼlga qoʼygan. Аytish mumkinki, ushbu hamkorlik samarasi oʼlaroq, 2019 yili YETTB tomonidan Ipoteka-bankka savdoni moliyalashtirish uchun 25 mln. АQSh dollarigacha boʼlgan miqdorda limit belgilandi.
YETTB dasturi doirasida individual konsalting xizmatlarini koʼrsatish hamda savdoni moliyalashtirish bilan bogʼliq amaliyotlarni oʼtkazishda yaqindan yordam berib kelmoqda.