Nashr etilgan: 8 avgust, 2019
“Ipoteka-bank” АTIB Boshqaruv Raisi – Shuxrat Аtabaev boshchiligida “Kichik biznes va tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash va ularga amaliy koʼmak berish maqsadida” bankning Navoiy va Buxoro viloyati filiallari mijozlari bilan uchrashuvlar oʼtkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda sizni qiynab kelayotgan muammolaringiz yoki qiziqtirgan masalalar yuzasidan bank Boshqaruv Raisi bilan shaxsan muloqot qilishingiz mumkin boʼladi.
● Navoiy viloyatida uchrashuv 2019 yilning 8 avgust kuni soat 11-30 da Markaziy bankning Navoiy viloyati bosh boshqarmasida boʼlib oʼtadi.
Manzil: Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Gʼalaba koʼchasi, 220 uy
● Buxoro viloyatida uchrashuv 2019 yilning 9 avgust kuni soat 10-00 da Markaziy bankning Buxoro viloyati bosh boshqarmasida boʼlib oʼtadi.
Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Mustaqillik koʼchasi, 28/1 uy
Shuningdek, “Ipoteka-bank” АTIB Boshqaruvi Raisi oʼrinbosarlari va tarkibiy boʼlinma rahbarlari tomonidan ham Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi shahar va tumanlarda bank mijozlarining muammolarini oʼrganish boʼyicha hududlarga chiqib, tasdiqlangan grafikka asosan aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʼtkazishadi.