Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

«Ipoteka-bank» АTIB aktsiyadorlari diqqatiga!

Nashr etilgan: 2 mart, 2020

«Ipoteka-bank» АTIB aktsiyadorlari diqqatiga!

 

«Ipoteka-bank» АTIB Kuzatuv kengashi 2020 yilning 24 mart kuni soat 1030 da, Toshkent shahri, Istiqlol koʼchasi, 9-uyda joylashgan «Ipoteka-bank» АTIB Mehnat filialining majlislar zalida «Ipoteka-bank» АTIB aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtishini maʼlum qiladi.

 Yigʼilish kun tartibi:

 

1. “Ipoteka-bank” АTIB Ustaviga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritishni tasdiqlash.

2. “Ipoteka-bank” АTIB Аktsiyadorlari umumiy yigʼilishi toʼgʼrisida Nizomga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritishni tasdiqlash.

3. “Ipoteka-bank” АTIB Kuzatuv kengashi toʼgʼrisida Nizomga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritishni tasdiqlash.

4. “Ipoteka-bank” АTIB Boshqaruvi toʼgʼrisida Nizomga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritishni tasdiqlash.

5. “Ipoteka-bank” АTIB dividend siyosati toʼgʼrisida Nizomga oʼzgartish kiritishni tasdiqlash.

6. “Ipoteka-bank” АTIBning tashkiliy tuzilmasini yangi tahrirda tasdiqlash.

   

  •  Аktsiyadorlarni navbatdan tashqari umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2020 yil 24 fevral.

  •  Аktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2020 yil 17 mart.

  • Аktsiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yigʼilishga oid hujjatlar bilan Toshkent shahar, Shahrisabz koʼchasi, 30-uy manzilida tanishishlari mumkin (bankning elektron pochta manzili: cenbum@ipotekabank.uz, korporativ veb-sayti www.ipotekabank.uz).

 

Аktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish uchun:

 

- aktsiyador (jismoniy shaxs) shaxsini tasdiqlovchi hujjat- pasport bilan;

 - aktsiyador vakili – notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport bilan;

 - yuridik shaxs aktsiyador (korxona rahbarlari) shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport yoki guvohnoma, lavozimga tayinlanganlik toʼgʼrisidagi buyruq nusxasi bilan;

 - yuridik shaxs aktsiyador vakillari ishonchnoma (korxonaning firma blankasida, muhrlangan), shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki guvohnoma) bilan kelishlari lozim;

  

Yigʼilish qatnashchilarini roʼyxatga olish 2020 yil 24 mart, soat 1000 da boshlanib 1025 da toʼxtatiladi.

 

Qoʼshimcha maʼlumotlar olish uchun telefon raqamlari: (78)147-67-17, 150-89-16.