Nashr etilgan: 28 aprel, 2020
АTIB «Ipoteka bank» tomonidan xorijiy banklar va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikka katta eʼtibor qaratilmoqda.
Xalqaro hisob-kitoblar sohasida mijizlarga qulaylik yaratish maqsadida АTIB «Ipoteka bank» Rossiyaning yetakchi banklaridan biri boʼlgan OАJ “Sberbank Rossii” bilan vakillik aloqalarini oʼrnatdi.
Buning uchun Rossiya bankida Rossiya rublari va АQSh dollarlarida vakillik hisob-varaqlarini ochgan. Faol vakillik aloqalarining oʼrnatilishi hamda ichki va tashqi bozorlarda kontragentlar sonining koʼpayishi bank rivojlanishining strategiyalaridan biridir. Moliyaviy jihatdan baqaror, birinchi toifali banklarda vakillik hisob-raqamlari tarmogʼining mavjudligi Bankka xalqaro hisob-kitoblarni eng kam darajali amaliyot tavakkalchiliklari bilan va qisqa muddatlarda amalga oshirish orqali oʼz mijozlariga xizmat koʼrsatishning yuqori darajasini saqlab turish imkonini beradi.
АTIB «Ipoteka bankning» ishonchli hamkor va professional moliyaviy institut sifatida ishonchli mavqei dunyoning yirik banklari bilan oʼzaro aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.