“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi “Ipoteka-bank” ATIB reytinglarini “barqaror” istiqboldagi “BB-/В” darajada tasdiqladi
Nashr etilgan: 4 fevral, 2022
Joriy yil 2 fevralda «S&P Global Ratings» xalqaro reyting agentligi Ipoteka-bank reytingini tasdiqladi. Press-relizga ko‘ra, «Ipoteka-bank» aktsiyadorlik tijorat ipoteka bankining uzoq muddatli kredit reytinglari “BB-/В” darajada baholandi, istiqboli “barqaror”.
Agentlik tahlilchilarining fikricha, bank majoritar aktsiyalarining Vengriyaning OTP bankiga sotilishi bank reytinglariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bankda ravon xususiylashtirish jarayonining ta’minlanishi uchun zarurat tug‘ilganda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlab boriladi.
Bank barqarorligiga kelsak, S&P Global Ipoteka-bankning etarli darajadagi kapital buferi bank biznesining rivojini ta’minlay olishini kutmoqda. 2021-2023 yillarda bankning sof foizli marjasi 5,5 foizga ko‘tariladi va bu, katta ehtimol bilan, past foizli korporativ kreditlardan yuqori foizli ipoteka va kichik biznes kreditlariga o‘tish bilan izohlanadi.
Shuningdek, «Bank etarli likvidlik pozitsiyasini saqlab qoladi. Biz, jalb qilingan mablag‘lar berilgan uzoq muddatli kreditlar bilan muddati va hajmi bo‘yicha mos ekanligi sababli, bank likvidlik ko‘rsatkichlarida ahamiyatli risklarni ko‘rmayapmiz. Soxadagi salbiy likvidlik tendentsiyasiga qaramay, bizning fikrimizcha, bankning likvidliligi etarli darajada.» - deya qayd etiladi «S&P Global» xalqaro reyting agentligi press-relizida.
Qayd etish lozimki, O‘zbekistonda eng yirik banklardan biri hisoblangan Ipoteka-bank maxalliy bank tizimida asosiy rolь o‘ynaydi va bank bozorida yuqori pozitsiyalarda joylashgan. Shuningdek, Bank, etakchi sifatida, ipoteka kreditlash bozorining uchdan bir qismini egallagan.
Ipoteka-bank, ulushi davlat tomonidan nazorat qilinuvchi aktsiyadorlik jamiyati bo‘lsada, deyarli barcha bank maxsulotlari tijorat asosida taqdim etiladi. Prudentsial kredit siyosati va keng ko‘lamli maxsulotlar, jarayonlar va strukturaviy optimizatsiya, bozor tamoyillarida kreditlash – bu omillarning barchasi birgalikda bank samaradorligining oshishiga imkon beradi, bank rentabelligining (ROA va ROE mos ravishda 1,9 va 14,8 foizda) yirik banklar orasida yuqori daromadlilikda bo‘lishini ta’minlaydi.
Investorlar bilan aloqalar xizmati
Ipoteka-bank investorlar bilan aloqalar uchun: investor.ipotekabank.uz