S&P Global Ratings hisobotini e'lon qildi va “Ipoteka-bank” ATIB reytingini “BB-/B” darajasida “Barqaror” prognoz bilan tasdiqlab, bankning chakana bozordagi yetakchi pozitsiyalarini qayd etdi
Nashr etilgan: 21 avgust, 2024
2024-yilning 16-avgust kuni "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligi o'z hisobotini e'lon qildi va unda “Ipoteka-bank” ATIBning uzoq muddatli kredit reytingini “BB-/B” darajasida “Barqaror” prognoz bilan tasdiqladi. Reyting bankning chakana bozordagi mustahkam pozitsiyalari va uning barqaror moliyaviy ko'rsatkichlarini aks ettiradi.
“Ipoteka-bank” ATIB O'zbekistondagi beshinchi o’rindagi yirik bank bo'lib, jami aktivlar bo'yicha 7,1% ulushga ega va chakana bozorda yetakchi pozitsiyalarni saqlab kelmoqda. "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligi tahlilchilariga ko'ra, bankning risk hisobga olingan kapital koeffitsiyenti (RAC ratio) 2023-yil oxiridagi 7,6% dan 2025-yil oxiriga qadar 8,2% ga oshishi kutilmoqda. Bankning likvidlilik holati barqaror baholangan.
Shuningdek, “Ipoteka-bank” ATIBning OTP Group bilan davom etayotgan integratsiyasi korporativ boshqaruv standartlarini oshirish va risklarni boshqarish tizimini yanada yaxshilashi, bu esa “Ipoteka-bank” ATIBning O'zbekiston bank tizimidagi brendini yanada mustahkamlashga hissa qo'shishi alohida ta’kidlangan.