Nashr etilgan: 9 oktyabr, 2024
Ijtimoiy tarmoqlarning birida bank filiali tomonidan kommunal toʼlovlar qabul qilinmayotgani haqida qoldirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. Oʼrganish davomida, murojaatda ko’rsatilgan sanada barcha turdagi toʼlov xizmati doimgidek ishlaganligi, faqatgina qisqa texnik uzilishlar bo’lgani, lekin holat tezlik bilan bartaraf etilgani aniqlandi. Kutilmagan bu kabi qisqa texnik uzilishlar sabab keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’ragan holda, mijozlarimizda har qanday savollar yoki tushunmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, bankimozning Aloqa markazi 78-150-11-22 yoki 1233 qisqa raqamiga qoʼngʼiroq qilishlarini soʼraymiz.