Standard&Poor's Global Ratings xalqaro reyting agentligi “Ipoteka-bank” ATIB reytingini oshirdi
Nashr etilgan: 29 oktyabr, 2019
“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi “Ipoteka-bank” ATIB ning hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlash darajasini hisobga olib, uning moliyaviy holatini yuqori baholagan holda bankning uzoq muddatli emitent kredit reytingini “B+” dan “BB-”ga oshirdi va reyting istiqbolini “Barqaror” ko‘rinishida tasdiqladi.
“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan tasdiqlangan ushbu reyting emitent bankning bank sektoridagi o‘rni va rivojlanish istiqbollari, kapitallashuv, likvidlilik, foydalilik va samaradorlik kabi moliyaviy ko‘rsatkichlar mezonlari orqali baholandi.