Nashr etilgan: 25 may, 2020
Karantin davri boshlangandan beri, bankning Bosh ofisida jami xodimlarning 30 foiziga yaqini ishxonada ishlashiga ruxsat etilgan hamda xodimlarning aksariyat qismi masofadan ishlashga oʼtkazilgan va qolganlariga mehnat taʼtili berilgan.
Bugungi kunda infektsiya aniqlangan xodim shifokorlar nazoratiga olingan hamda u bilan yaqin aloqada boʼlgan 25 nafar xodimlar esa karantinga olingan.
Hozirda bankning Bosh ofisida ish faoliyatini davom ettirayotgan barcha xodimlar COVID-19 ga test topshirmoqdalar.
✅ Ushbu holat bankimizning asosiy faoliyatiga oʼz salbiy taʼsirini koʼrsatmaydi hamda barcha filiallarda bank xizmatlari koʼrsatilishi davom etadi.
Shuningdek, bankimizda ish faoliyati karantin talablariga qatʼiy rioya qilingan holda davom ettirilmoqda:
• bank binosi xonalari har kuni ikki marta dizinfektsiya qilinadi;
• bank binosiga kirishda barcha xodimlar harorati oʼlchanadi;
• har bir xonalarda antiseptik vositalar mavjud;
• xodimlar tibbiy niqoblar bilan har kuni taʼminlanadi;
• barcha xodimlar sanitariya qoidalariga amal qilgan holda, tibbiy niqobda ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat olib bormoqdalar.
Bank boʼlimlariga kelgan mijozlardan masofa saqlagan holda, tibbiy niqobda bank binolariga kirishlarini hamda sanitariya qoidalariga qatʼiy amal qilishlarini soʼrab qolamiz.