Nashr etilgan: 10 fevral, 2020
“Ipoteka-bank” АTIB Qashqadaryo viloyat filialida ham bank rahbariyati ishtirokida yangicha, mustaqil fikrlaydigan, faol yoshlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuv samimiy hamda munozaralarga boy tarzda oʼtdi. Yoshlar tomonidan bildirilgan amaliy takliflar, fikr-mulohazalar rahbariyat tomonidan tinglandi va qoʼllab-quvvatlandi.
Аytish mumkinki, bu kabi uchrashuvlar ishdagi samaradorlikni oshirish bilan birga ochiqlik va shaffoflikni taʼminlab, fikrlar xilma-xilligini shakllanishiga ham muhim zamin boʼlib xizmat qiladi. Bank rahbariyati tomonidan dolzarb takliflar bildirgan yoshlar tanlab olinib, esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandilar.
Yil davomida Ipoteka-bank filiallari tomonidan barcha viloyat yoshlari bilan ana shunday uchrashuvlar oʼtkazilishi koʼzda tutilgan.