Nashr etilgan: 15 may, 2025
2025-yil 1-iyundan boshlab UZCARD va HUMO toʻlov tizimlari orqali savdo (POS) terminallari orqali bank kartalari bilan amalga oshirilgan toʻlovlar uchun quyidagi tartibda komissiya undiriladi:
∙ Endilikda komissiya har bir tranzaksiya summasining 0.2% miqdorida boʻladi.
∙ Har oyda umumiy komissiya miqdori kamida 30 000 soʻmni tashkil etadi.
∙ Komissiya 0.2% miqdorida har bir operatsiya vaqtida avtomatik tarzda yechib olinadi.
∙ Agar oylik tranzaksiyalar boʻyicha yechilgan komissiya 30 000 soʻmdan kam boʻlsa, yetishmayotgan qismi keyingi oy boshida alohida tarzda yechib olinadi.