Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” ATIB «Paysend» bilan hamkorlikda yangi inovatsion xizmat taqdimotini o‘tkazdi

Nashr etilgan: 27 noyabr, 2019


«Paysend» innovatsion xizmati O‘zbekistondagi «Ipoteka-bank» ATIB hamkorligida hamda texnik integrator korxona PAYMO ko‘magida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan kartalarga xalqaro onlayn pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini yaratmoqda.


Mazkur xizmat orqali foydalanganda pul o‘tkazmalarini yuborish va (yoki) qabul qilib olish uchun bankka tashrif buyurish shart emas. Endi O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarini onlayn tarzda paysend.com sayti orqali amalga oshirishingiz yoki App Store/Google Play dan «Paysend» ilovasini yuklab olishingiz kifoya.


«Paysend» real vaqt rejimida turli mamlakatlarning bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazamalarini amalga oshirishda dunyodagi birinchi va nihoyatda qulay shartlarda amalga oshiruvchi xizmat hisoblanadi.

Xizmat geogrofik xaritasiga 70 dan ortiq mamalakatni qamrab olgan bo‘lsa, «Paysend» foydalanuvchilari soni bir yarim millionga yaqinlashib qoldi.


«Paysend» xizmatining Pul o‘tkazmalari yo‘nalishi rahbari Dmitriy Palchikov:

«Biz, «Ipoteka-bank» ATIB hamkorligida O‘zbekiston bozoriga kirib kelganimizdan juda mamnunmiz. Biz bu mintaqada ulkan salohiyat mavjudligini hamda uzoq va samarali hamkorlikka umid qilamiz», – deydi.


«Paysend»da xalqaro pul o‘tkazmalari uchun aniq belgilangan, o‘tkazmalarning hajmidan qat’iy nazar yuboruvchidan olib qolinadigan komissiya (ustama) quyidagicha: Rossiyadan 49 RUB, Qozog‘istondan 199 KZT, Evropadan 1.50 EUR bo‘ladi.

«PAYMO. Uzbekistan», moliya sohasidagi xafvsiz AT va innovatsion echimni taqdim etuvchi, «PAYMO» xalqaro korxonasining bir bo‘lagi hisoblanadi. Tashkil etilganidan boshlab, korxona Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va O‘zbekistonda ko‘plab muvafaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan. Rossiya bozorida «PAYMO» «VTB», «Promsvyazьbank», «Alьfa bank» kabi etakchi banklar bilan ishlaydi. Bunday xalqaro tajriba bizga O‘zbekistondagi banklar bilan ishlashga, elektron tijoratni rivojlantirishga, mamlakatning to‘lov tizimini takomillashtirishga yordam beradi.


Biz, «Ipoteka-bank» banki «PAYMO»ni texnik integrator sifatida tanlaganidan juda xursandmiz va bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz qulay va foydali xalqaro “p2p” shaklidagi onlayn pul o‘tkazmalarining yangi davrini boshlab beradi», – deb, - «PAYMO. Uzbekistan» direktori Ilьxom Idiev fikr bildirdi.


Barcha «Paysend» orqali amalga oshirilgan barcha amaliyotlar, xizmat ko‘rsatilayotgan va pul o‘tkazmalaridan foydalanilayotgan bank kartalari chiqarilgan mamlakatlarning qonunchiligi talablariga muvofiq ravish amalga oshiriladi.

«Paysend» xizmatining barcha texnik echimlari zamonaviy bank standartlari va himoyalangan eng yuqori PCI DSS Level 1 standartiga muvofiq sertifikatlangan.


Mablag‘larni o‘tkazish xavfsizligi 3Dsecure texnologiyasi bilan ta’minlanadi. «Paysend» shuningdek, kartalarni tekshirish va firibgarlikdan himoya qilish uchun o‘z dasturlaridan foydalanadi.

«Paysend» xalqaro to‘lov tizimlari va mahalliy sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyani amalga oshirib, sizga Visa, Mastercard va MIR kartalari va oddiy bank hisobraqamlaridan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga imkon beradi».


«Ipoteka-bank» ATIB Boshqaruv Raisi Shuxrat Atabaev so‘zlariga ko‘ra:

«Mazkur xizmatni ishga tushirganimizda, Biz birinchi navbatda, chet elda ishlayotgan va oila a’zolariga pul mablag‘larini yuborayotgan vatandoshlarimiz haqida o‘yladik. Endilikda, Visa, Mastercard va MIR kartalari orqali O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari uchun komissiya (ustama) – barcha pul o‘tkazmasi tizimlari orasidagi eng arzoni hisoblanadi».