Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bizning hamkor banklarimiz

Nashr etilgan: 8 yanvar, 2020

«Ipoteka-bank» aktsiyadorlik-tijorat ipoteka banki xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikka katta eʼtibor qaratadi.

 Xorijiy banklar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida bankning vakillik tarmogʼini optimallashtirish orqali xalqaro moliyaviy hamjamiyatga integratsiyalashuv amalga oshirilmoqda. Moliyaviy barqaror, birinchi toifali xorijiy banklarda keng tarmoqli vakillik hisob-raqamlarining mavjudligi Bankka mijozlariga yuqori darajali xizmatlar koʼrsatish, xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, kam darajali amaliyot tavakkkalchiliklarisiz va qisqa muddatda koʼp sonli vakillik banklari bilan ishlash imkonini beradi.

 Oʼz mijozlarining xalqaro tadbirkorlikni rivojlantirish boʼyicha oʼsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida, АTIB «Ipoteka bank» muntazam ravishda xalqaro vakillik tarmogʼini optimallashtirish va vakil banklar bilan hamkorlik sohasini kengaytirish boʼyicha ishlarni olib bormoqda.

 Vakillik aloqalari — bu bank aloqalarining anʼanaviy turi boʼlib, u banklararo aloqalarning barcha hamkorlik shakllarini qamrab oladi. Hozirgi paytda АTIB «Ipoteka bank» Commerz Bank, Landesbank, Landesbank Baden-Wuerttemberg (Germaniya), JPMorgan Chase (АQSh), Raiffesenbank International AG (Аvstriya), Bank of Tokio-Mitsubishi (Yaponiya), Аziya-Invest bank, Promsvyazьbank, Gazrombank (Rossiya) kabi xorijiy banklar bilan hamkorlik qilmoqda.

 АTIB «Ipoteka bank» ning oʼz mijozlarining ishonchli hamkori va professional moliyaviy institut sifatida mustahkam obroʼsi dunyoning eng yirik banklari bilan vakillik aloqalarini yanada kengaytirishga koʼmaklashmoqda. АTIB «Ipoteka bank» Industrial Bank Co.Ltd banki uchun yuanda vakillik hisobraqamlarini ochish boʼyicha bitim imzoladi. Vakillik hisobraqamlarining ochilishi Industrial Bank Co.Ltd banki bilan ikki tomonlama oʼzaro aloqalarini rivojlantirish boʼyicha keng imkoniyatlarni yaratadi.