Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

2024-yil 1-oktabr holatiga Ipoteka dayjest

Nashr etilgan: 25 oktyabr, 2024

MUHIM KO‘RSATKICHLAR:

Bank aktivlari: 2024 yil 1-oktabr holatiga bankning jami aktivlari yil boshiga nisbatan 7,4 foizga oshib, 51,2 trln. so‘mni tashkil etgan. Jumladan, moliyaviy aktivlar 15,6 trln. so‘mni, kredit portfeli 33,6 trln so‘mni va boshqa aktivlar 2,0 trln. so‘mni tashkil etgan.

Bank kredit portfeli yaxshi diversifikatsiyalangan bo‘lib, portfelda ipoteka kreditlarning ulushi 42,8 foiz, kichik biznes kreditlarining ulushi 4,7 foiz, korporativ kreditlarning ulushi 28,8 foiz va chakana kreditlar 23,7 foizdan iborat.

Bank depozitlari: 2024 yil 1-oktabr holatiga bank depozit bazasi yil boshiga nisbatan barqaror o‘sish kuzatilgan va depozitlar qoldig‘i 22,5 trln. so‘mni tashkil etgan.

Bank kapitali: Ipoteka-bankning jami kapitali 7,8 trln. so‘mga yetib, bankning investitsiyaviy faolligini yanada oshirishga zamin yaratildi. Bankning 1-darajali kapitali yetarliligi ko‘rsatkichi 15,0 foizni, regulyativ kapital yetarliligi ko‘rsatkichi esa 16,8 foizni tashkil qilib, Markaziy bank me’yorlariga javob beradi.

Daromadlilik: 2024 yil sentabr yakunlariga ko‘ra Ipoteka-bankning operatsion daromadi 7,2 foizga oshib, 4,2 trln. so‘mni tashkil etdi. Bank operatsion daromadlari o‘sishi yuqori darajada bo‘lishi sof foizli daromadlar, barqaror kredit hajmining o‘sishi va yuqori bo‘lmagan xarajatlar hisobiga shakllandi.

BOZORDAGI O‘RNIMIZ:

Ipoteka-bank respublika banklar bozoridagi o‘rnini mustahkam egallab kelmoqda. Bank tizimidagi aktivlar va depozitlarning 6,3 foizi Ipoteka-bank hissasiga to‘g‘ri kelsa, chakana kreditlar bozorida 14,1 foiz, jumladan ipoteka kreditlash bozorida 23,7 foiz ulush bilan bozorning yirik hissasiga egalik qilmoqda.

YANGI MAHSULOTLAR:

-          Ipoteka-bank yangilangan mahsulot – «Maqul» ipotea kreditini taqdim etishni boshladi.

-          “O’zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan hamkorlikda "Imkoniyat"  ipoteka krediti ishga tushirildi

MUHIM TADBIRLAR:

Ipoteka-bankning Andijon filiali mijozlaridan biri UZCARDning “Kartani uyg‘ot” aksiyasi g‘olibi bo‘ldi va 50 million so‘m yutib oldi.

ERISHILGAN YUTUQLAR

25 sentyabr kuni Mastercard tomonidan tashkillashtirilgan seminarda bankimiz mas'ul xodimlari ishtirok etib, samarali hamkorlik ramzi sifatida statuetka sohibi bo'ldi.