Nashr etilgan: 7 aprel, 2020
Hurmatli Ipoteka-bank omonatchilari!
Sizlarga bugunda bankimizdagi mavjud muddatli omonatlar (milliy valyutadagi) boʼyicha kiritilayotgan quyidagi oʼzgarishlarni maʼlum qilamiz.Joriy yil 1 apreldan boshlab omonat muddati yakunlanayotgan omonatchilarga (online omonatlar bundan mustasno), bankimiz tomonidan
- bank filiallariga tashrif buyurmasdan;
- hech qanday ariza bilan murojaat qilmasdan;
- bir tomonlama omonatlar muddatini ikki oyga (aprel, may oyida muddati keladigan omonatlar) uzaytirish imkoniyati taqdim qilinadi.
Siz, karantin shartlari tugaganidan keyin istalgan davrda kelib omonatingizni olishingiz mumkin boʼladi va ushbu davr uchun hisoblangan foizlar ham qoʼshib toʼlanadi.