Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Sandro Rtveladze rasman Ipoteka-bank Boshqaruv Raisi etib tayinlandi

Nashr etilgan: 6 sentyabr, 2024

OTP Guruhi tarkibiga kiruvchi bank bo’lgan Ipoteka-bank Sandro Rtveladzeni Boshqaruv Raisi sifatidan rasman lavozimga tayinlanganini ma’lum qiladi. Sandro Rtveladzening yangi boshqaruv Raisi sifatida tayinlanishi bank tarixida innovatsiyalar va o‘sishga yo‘naltirilgan yangi bo‘limni ochib beradi.

sandro_rtveladze.jpg

Sandro bank va fintex sohasida 15 yildan ortiq xalqaro tajribaga ega bo‘lib, uning diqqat markazida raqamli transformatsiya va korporativ madaniyatni rivojlantirish turadi. U muhandislik, ijtimoiy fanlar va moliya sohalarida yirik Yevropa universitetlarida ta’lim olganligi uning ko’pqirrali malakali ekspert ekanligini ko’rsatadi. U o’z karyerasi davomida Rossiya OTP Banki Boshqaruv Raisi, O‘zbekistonda TBC Banki Boshqaruv Raisi, shuningdek, Afrikadagi qator mamlakatlarda chakana bank yo’lishida rahbarlik lavozimlari faoliyat yuritgan.

Ipoteka-bankda Sandro mijozlarga yanada sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun raqamli imkoniyatlarni yaxshilash va amaliyotlarni optimallashtirish yo’nalishlariga rahbarlik qiladi. Bank o’z xizmatlarini yanada samarali va oson kirishimli qilishga intiladi, shuningdek, mijozlarning ehtiyojlarini qondirish uchun innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Ipoteka-bank jamoasi Sandro bilan ishlashni intiqlik bilan kutmoqda, uning yangi qarashlari va tajribasi bankni yangi cho‘qqilarni zabt etishiga yordam berishiga ishonadi. Bu tayinlov bankning bozordagi pozitsiyalarini mustahkamlash va mijozlar hamda manfaatdor tomonlar uchun qiymat yaratishga katta ahmiyat berilayotganligini ta’kidlaydi.

Yangiliklardan xabardor bo‘lib turing, chunki Ipoteka-bank Sandro rahbarligida rivojlanishining yangi bosqichini boshlaydi.