Nashr etilgan: 4 oktyabr, 2024
Uzcard Kids kartasi bilan 100 ta stol o‘yinlarini yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Ipoteka-bank» ATIB Uzcard Kids kartasi egalari uchun maxsus aksiya e'lon qiladi.Aksiya g‘oliblari 100 ta stol o‘yinlaridan biri bilan mukofotlanadi.
Aksiya muddati 2024 yil 2 oktyabrdan 30 noyabrgacha davom etadi. Har 15 kunda stol o‘yinlari sovg‘asi g‘oliblari aniqlanib, e’lon qilinadi.
Aksiya shartlari bilan tanishtirib o‘tamiz: ular juda oddiy,
Farzandingiz uchun Uzcard Kids kartasini oching.
Instagram sahifangizda bizning rasmiy akkauntimiz @ipotekabankni belgilab, post yoki storis joylashtiring. Barcha shartlarni mukammal bajargan ishtirokchilargina g‘olib sanaladi va unda aksiyagacha rasmiylashtirilgan kartalar ham ishtirok etishi mumkin.
Aksiya haqida batafsil ma'lumotlarni biriktirilgan ofertada to’liq o‘rganib chiqishingiz mumkin.
Bank kartalarining afzalliklari shundaki, uni ota-onalar yoki vasiylar o‘zining 16 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun rasmiylashtirishi mumkin. Muddati 5 yilgacha amal qiladi. Kartaning ust qismiga bolaning ismi, sharifi yoziladi. Karta yordamida bolalar o‘z xarajatlarini rejalashtirib borishi, tejamkorlik va moliyaviy savodxonlikni o‘zlashtirishi mumkin. Ota-onalar o‘z navbatida, karta qoldig‘i hamda xarajatlarini doimiy kuzatib borishlari mumkin. Shuningdek, karta egalari kartani to‘ldirish, mahsulotlar va xizmatlar uchun haq to‘lab borishlari, 1 oy davomida 1 mlngacha bo‘lgan miqdorda bankomatlar orqali naqd pul yechib olish va kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatlariga ega.
Kartani ochish xizmati mutlaqo bepul.