Nashr etilgan: 23 iyun, 2023
Joriy yilning 21 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Ipoteka-bankning Qo‘qon filialida pul jo‘natmalarini qabul qilishga mas'ul bo‘limda ish samarali tashkil qilinmagani, mijozlar soatlab kutishga majbur bo‘layotgani yuzasidan norozilik bildirilgan. Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Ipoteka-bank filiallarida mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Q-Net tizimi orqali navbat asosida xizmat ko‘rsatiladi. Bankning Qo’qon filiali qoshidagi chakana kassada ham mijozlar navbat asosida qabul qilinishi yo’lga qo’yilgan. Ushbu chakana operator-kassirlar tomonidan kun davomida 300 dan ortiq bank xizmatlari iste’molchilariga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bunda mijozlarga omonat, xalqaro pul o‘tkazmalari, valyuta ayirboshlash amaliyotlari, kommunal va boshqa to‘lovlarni qabul qilish kabi xizamtlar ko’rsatiladi.
Joriy yilning 21 iyun kuni bank filialida texnik sabablarga ko‘ra, aloqa xizmatida nosozlik yuzaga kelgan va bu iste'molchilarga biroz uzq muddat davomida xizmat ko‘rsatilishiga sabab bo‘lgan.
Ipoteka-bank tomonidan doimiy ravishda filiallar va bank xizmatlari markazlarida mijozlar va isteʼmolchilarga oʼz vaqtida va sifatli xizmat koʼrsatish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.