Nashr etilgan: 17 aprel, 2019
Hurmatli mijozlar!
Bankka borish uchun sarflanadigan vaqtni unuting!
«Ipoteka-bank» mobil ilovasi - bu xavfsiz va zamonaviy xizmat bo'lib, mobil telefoningiz (yoki planshet) yordamida bank amaliyotlaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi, jumladan:
- Tezkor to'lovlar (kommunal, byudjet, uyali aloqa va internet, telefoniya uchun to'lovlar);
- Elektron omonat ochish yoki tasarruf etish;
- Bankdagi mavjud barcha hisobvaraqlarni ko'rish (kredit va plastik kartalardagi qolgan mablag’lar);
- Xorijiy valyutalarni milliy valyutaga (so'm) konvertatsiya qilish;
- Bankdan olingan kreditlaringizni nazorat qilish va kredit bo'yicha to'lovlarni amalga oshirish.
Mobil banking ilovasidan foydalanishingiz uchun Sizdan “Ipoteka-bank”ning har qanday filialida ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Tizimga kirishda login va parol hamda bir martalik kod Sizning uyali aloqa telefoningizga SMS xabar shaklida yuboriladi.