Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Korrupsiyani oldini olish bo'yicha Qonun va qonunosti hujjatlarini bank amaliyotiga joriy qilinishidagi ustuvor vazifalar

Nashr etilgan: 17 oktyabr, 2022

Insonni qiyin ahvolga tushiradigan, ruhan ezadigan holatlar ichida eng og‘iri adolatsizlik hisoblanadi. Uning bir ildizi korrupsiyaga borib taqaladi.  Korrupsiya - bu shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishida ifodalanadi.



"Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarlik faktlariga doir murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi ta'kidlangan.



Shu masalalar yuzasidan 14 oktabr kuni "Ipoteka-bank" ATIB xodimlariga to'liq tushuncha berish, korrupsiyani oldini olish maqsadida bank xodimlari uchun "Korrupsiyani oldini olish bo'yicha Qonun va qonunosti hujjatlarini bank amaliyotiga joriy qilinishidagi ustuvor vazifalar" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Seminar soʻnggida korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens-nazorat rahbari barcha xodimlarni korrupsiyaga qarshi birdek kurashishga chaqirdi.