Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 15 dekabr, 2023

Ijtimoiy tarmoqlarning biriga “Imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish va boshqa turdagi ishlar bajarilmadi, loyihalar ishga tushmadi” mazmunida murojaat qoldirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-apreldagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5071-sonli Qaroriga asosan Buxoro viloyatida 18 ta tashabbuskor tomonidan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etilishi ko‘zda tutilgan va ularni moliyalashtirish manbalari tasdiqlangan. Unga ko‘ra 16 ta loyiha tijorat banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi, 2 ta loyiha Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi (STJ) mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

“Ipoteka-bank” ATIB Buxoro viloyat filiallari tomonidan ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida 10 ta tashabbuskorga qariyb 21,0 mlrd.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Shundan 7 tasi o‘z faoliyatini yuritayotgan bo‘lsa ayrimlari o‘z faoliyatini boshlash uchun xujjat tayyorlamoqda yoki qurilish ishlari to‘xtab qolgan.

Qolayotgan 8 ta tashabbuskordan aksariyati belgilangan vazifalarni to‘liq bajarmagan. Vaholanki xususiy sherikning o‘z mablag‘lari hisobidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng bank tomonidan moliyalashtirilishi qat’iy belgilangan. Qolgan qismi esa kredit olish uchun bankka xujjat topshirmagan.

Shuni ta’kidlash joizki, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan loyiha summasining 25% dan kam bo‘lmagan qismi tashabbuskorning o‘z mablag‘i hisobidan bajarilganligini tasdiqlovchi va kredit olish uchun zarur bo‘lgan hamda kredit ta’minoti bilan bog‘liq hujjatlar bankka taqdim qilingandan so‘ng, Ipoteka-bank tomonidan belgilangan tartibda kredit ajratilishi ta’minlanadi.