Nashr etilgan: 11 sentyabr, 2024
Ташкент, 11.09.2024
Ipoteka Bank OTP groupdagi tayinlovlar
Sizga mamnuniyat bilan Ipoteka-bank OTP groupning asosiy kadr tarkibidagi o’zgarishlar to’g’risida quyidagilarni ma’lum qilamiz.
2024-yil 11-sentabrdan Sandro Rtveladze rasmiy ravishda bank Boshqaruvi Raisi lavozimiga tayinlandi. Uning strategik rahbarligi va kasbiy tajribasi bankning mavqeini mustahkamlashga va uning yanada rivojlanishiga yordam beradi.
Elyer Inomjonov Boshqaruv Raisi o'rinbosari lavozimiga o'tkazildi va Korporativ boshqaruv bloki rahbari etib tayinlandi. Yangi rolda u korporativ boshqaruvni takomillashtirish va bankning asosiy tashabbuslarini amalga oshirishga e'tibor qaratadi.