Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Hududlarda sayyor qabul va uchrashuvlar o'tkazilmoqda

Nashr etilgan: 8 iyun, 2018

«Ipoteka bank» ATIB rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlar hamda aholi bilan ochiq muloqot va sayyor qabullar o'tkazilmoqda.


Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, mazkur tizimga aholi ishonchini mustahkamlash, ahborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llagan holda ko'rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko'lamini kengaytirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugungi kunda «Ipoteka bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki tomonidan ham mijozlarga taklif qilinayotgan bank xizmatlari hamda mahsulotlari turlari tobora kengayib bormoqda. Shuningdek, belgilangan chora-tadbirlar asosida hududlarda aholi hamda bank mijozlarining moliyaviy savodhonligini oshirish, bank xizmatlari iste'molchilarini sifatli va tezkor bank xizmatlari bilan ta'minlashga, muammolarni bartaraf etishga qaratilgan sayyor qabul hamda aholi o'rtasida o'quv mashg’ulotlari o'tkazilib kelinmoqda.



Jumladan, joriy yilning 26 mart kuni Ipoteka-bank rahbariyati tomonidan Farg’ona viloyati Rishton tumani hokimiyati binosida o'tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning asosan tadbirkorlik faoliyatini, jumladan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar olishda duch kelayotgan ayrim muammolar, to'siqlar hamda ularni qiynayotgan savollar bilan murojaat etdilar.



- Bankimiz tomonidan ham bugungi kunda mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda, - deydi «Ipoteka bank» ATIB Bosh ofisi bo'limi boshlig’i Zafarjon Turg’unov. - Ammo hanuzgacha chekka hududlard yashovchi yurtimiz aholisi banklar tomonidan joriy qilinayogan zamonaviy bank xizmatlari, omonatlarni mobil ilova orqali boshqarish usullari, tez va qulay tarzda ajratilayotgan kreditlar haqida etarli ma'lumotlarga ega emas. Shuning uchun ham ular ba'zi muammolarga duch kelmoqda. Mana bunday uchrashuvlarda esa biz bank xizmatlari bo'yicha ma'lumotlarni tushuntirishga alohida e'tibor qaratmoqdamiz. Bugungi sayyor qabul davomida ham fuqarolarimiz chakana savdo, oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar olish, bank omonati hamda plastik karta masalalari bo'yicha murojaat qilishdi va ular bo'yicha zarur amaliy tavsiyalarimiz, maslahatlarimizni berdik.


Ipoteka-bank rahbariyati tomonidan tadbirkorlar va aholi ishtirokida yuzma-yuz o'tkazilgan sayyor qabulda qator muammolar joyida hal etilib, qo'shimcha o'rganish, tekshirish va vaqt talab qiladigan murojaatlar tegishli bank mutaxassislari tomonidan nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabuldan so'ng, mazkur bank rahbarlari va mutaxassislari tomonidan aholi hamda tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil


23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida”gi P?-3620-sonli qaroriga asosan aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy barqarorligi darajasini oshirish, ularning oqilona qaror qabul qila olishga yo'naltirilgan bilim, ko'nikma va yondashuvlarini shakllantirish hamda hayotga tadbiq etish borasida bank mijozlarining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida o'quv-mashg’uloti ham o'tkazildi.

Mashg’ulot davomida «Ipoteka bank» ATIB Farg’ona viloyat filiali bo'lim boshlig’i Alisher Abdullaev bankdagi omonat turlari va ularning shartlari, “Har bir oila -tadbirkor” dasturi asosida imtiyozli kreditlash tartiblari va mexanizmlari haqida so'z yuritdi. Joriy yilning o'tgan davrida «Ipoteka bank» ATIB Farg’ona viloyat filiali tomonidan “Har bir oila-tadbirkor” dasturi asosida o'zlariga biriktirilgan hududda yashovchi aholiga 6 milliard so'mdan ortiq kreditlar ajratilgan.

Aholi va bank mijozlari o'rtasida samimiy, oshkora muloqotlar asnosida o'tkazilgan o'quv mashg’uloti aholi va yig’ilish ishtirokchilari o'rtasida samimiy qarshi olindi.