Nashr etilgan: 6 dekabr, 2023
Ijtimoiy tarmoqlarning biriga “shаrtnomа shаrtlаri ogohlаntirilmаsdаn oʼzgаrtirilishi mumkinmi” mavzusida murojaat qoldirilgan.
Bugungi kunda bank tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash, aholining barcha qatlamlariga kredit taqdim etish imkonini yaratish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning noyabr oyidan boshlab ba’zi bank mahsulotlari foiz stavkalari o’zgartirildi. Ammo o’zgartirish kiritilganiga qadar rasmiylashtirilgan kredit foizlariga bir tomonlama o’zgartirishlar kiritilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 2 iyuldagi 3030-sonli qaroriga muvofiq bank kredit shartnomasining shartlariga qarz oluvchining huquqlarini cheklanishiga va/yoki majburiyatlarini oshirilishiga olib keluvchi o‘zgartirishlarni bir tomonlama kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mijoz bilan bog’lanilganda, mijoz tomonidan yanglish hisob-kitob qilinganligi aniqlandi va mavjud vaziyat har tomonlama tushunchalar berildi.