Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bugun OTP Bank Vengriyaga asos solinganiga 75 yil bo'ldi.

Nashr etilgan: 1 mart, 2024

Bugun OTP Group o’zining 75 yilligini nishonlamoqda. 1949 yil 1 martda OTP Bankning Vengriyadagi birinchi ofisi tashkil etilgan. Keyingi yillarda OTP yuqori darajadagi foyda keltirishi va o‘sish dinamikasi bilan Markaziy va Sharqiy Evropada etakchi va barqaror bank timsoliga aylandi. OTP Group tajribasi, doimiy rivojlanishda raqobatchilardan ustunligi va bozorda etakchi bo’lishi guruhning muvaffaqiyati asosidir.

OTP Bank va OTP Group bu davr mobaynida ko‘plab muhim muvaffaqiyatlarga erishdi. Transchegaraviy ekspansiyani boshlagan holda, o’z aktivida 100 milliard evro ega bo’lib, dunyoning 12 mamlakatida 17 million mijozga xizmat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda OTP Group Evropa Ittifoqidagi eng barqaror kredit muassasalaridan biri hisoblanadi.

Yetmish besh yosh – hurmatga sazovor yoshdir. OTP Group rivojlanishda davom etib o’zining tez o‘zgarish qobiliyatini ko’rsatib, rivojlanishda davom etmoqda. OTP Group yangi innovatsiyalarni joriy etishda va mijozlarga xizmat ko’rsatish sohasida doim etakchi bo‘lishga intiladi. Kompaniya o‘z xodimlarini qadrlaydi hamda etika va ijtimoiy mas’uliyatning yuqori standartlariga egaligi bilan ajralib turadi.