"Ipoteka-bank" ATIB tomonidan jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Nashr etilgan: 30 dekabr, 2021
Xususan, Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining “Fargʼona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” kredit liniyasi hisobidan loyiha umumiy qiymati 19 548,5 mln. soʼm miqdoridagi 2,9 gektar maydonga zamonaviy energiya tejamkor issiqxona kompleksi tashkil qilish uchun uskunalar sotib olish uchun 8 500,0 mln. soʼm miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Mijoz yiliga 320,3 tn. Pink Paradise navli pomidor yetishtirib, ichki va tashqi bozorni qishloq xoʼjaligi mahsulotlariga boʼlgan talabni qondirish va 10 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.