Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Filiallarda tadbirkor ayollarning moliyaviy bilimlarini oshirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda

Nashr etilgan: 30 sentyabr, 2022

«Ipotek bank» АTIB hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Woman in bussines SА” dasturi doirasida joriy yilning 26 sentabr kuni Sergeli filialida Sergeli va Chilonzor filiallari mijozi boʼlgan ayol tadbirkorlar ishtirokida “Zamonaviy biznesni yuritish yoʼllari” mavzusida seminar-trening boʼlib oʼtdi.
Seminar davomida ayol tadbirkorlar guruhlarga boʼlingan holda interaktiv “Mikro biznes” oʼyinida ishtirok etdilar.



Ushbu tashkil etilgan seminar-trening orqali ayol tadbirkorlar biznesni yuritishda ilgʼor bank texnologiyalari va bank xizmatlarining innovatsion yondashuvlari toʼgʼrisida xabardor boʼlgan holda, mijozlarni oʼzaro fikr almashish hamda oʼz faoliyatlari davomida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan risklarni baholash salohiyatlariga ega boʼldilar.