Nashr etilgan: 30 iyun, 2021
“Ipoteka-bank” ATIB Bosh ofis tomonidan barcha filiallar ishtirokida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lomlashtirish yili” davlat dasturi doirasida “ Ommaviy madaniyat ” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Ushbu tadbirga “Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash” instituti o‘qituvchisi Usmonov Adhamjon A’zamjonovich ham taklif etildi.
Tashkil etilgan davra suhbati davomida ommaviy madaniyat tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, bizga kirib kelishi, yoshlar orasida tarqalishi, uning manbalari, ijobiy tomonlari va undan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish hamda yosh avlodga singdirish borasida fikr va mulohazalar bildirildi.
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari M.Abduraxmanov tomonidan kelgusida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ta’kidlab o‘tildi. Ya’ni yoshlarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari, madaniyat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha fikrlar bildirdi.