Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

OTP Bank Bosh ofisi vakillari tomonidan Korporativ risklar va monitoring departamenti xodimlari hamda barcha filiallar monitoring bo‘lim boshliqlari ishtirokida semenar trening

Nashr etilgan: 29 noyabr, 2023

Hozirgi kunda kredit risklarini samarali boshqarish kredit jarayonini har tomonlama va chuqur tahlil  qilish va keng qamrovli metodologik bazani shakllantirishni talab qiladi. Bu esa o’z navbatida bank mijozlariga tez va sifatli xizmat ko’rsatish imkonini beradi hamda noto‘g‘ri boshqaruv qarorlarini oldini oladi. 



Bugun "InterContinental Tashkent" mehmonxonasining anjumanlar zalida OTP Bank Bosh ofisi vakillari tomonidan Korporativ risklar va monitoring departamenti xodimlari hamda barcha filiallar monitoring bo‘lim boshliqlariga “Kredit riskini boshqarish jarayonida erta ogohlantirish tizimi bo‘yicha potensial muammo yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarzdorlarni avvaldan aniqlashda yangi ko‘rsatkichlar” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.