Nashr etilgan: 29 avgust, 2022
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 iyundagi PF-150-sonli Farmoni 2-bandiga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda Jamgʼarma tomonidan 2022 yil 1 iyulga qadar kompensatsiya yordamlari koʼrsatilishi orqali ajratilgan kredit (lizing) biznes-rejasida koʼrsatilgan ish oʼrinlarini yaratish va mahsulot (xizmat)lar aylanmasi kabi koʼrsatkichlar toʼliq bajarilmagan hollarda 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab kompensatsiya toʼlovlarini toʼxtatish choralarini koʼrish belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, 2022 yil 1 iyulga qadar Jamgʼarma moliyaviy yordami (kredit foizlari boʼyicha kompensatsiya) dan foydalangan bankimiz mijozlariga, ajratilgan kreditning biznes-rejasida koʼrsatilgan ish oʼrinlarini yaratish va mahsulot (xizmat)lar aylanmasi kabi koʼrsatkichlarni toʼliq bajarilishini taʼminlashlari lozimligini, aks holda Jamgʼarma tomonidan kompensatsiya toʼlovlari toʼxtatilishini eslatib oʼtamiz.