Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” ATIB 2024 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha o‘z hisobotini taqdim etadi

Nashr etilgan: 29 aprel, 2024

Ipoteka-bank O‘zbekistonda bank tizimining muhim ishtirokchisi bo‘lib, moliya maydonida bozorida aktivlari bo‘yicha yuqori pozitsiyada joylashgan. Shuningdek, bank ipoteka kreditlash bozorining to‘rtdan bir qism ulushiga va barqaror, likvid, diversifikatsiyalangan balansga ega.

           Ipoteka-bank joriy yilning birinchi choragida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39% ga ko‘proq operatsion foydaga erishdi. Buning asosiy sababi biznesning asosiy ko‘rsatkichlari, xususan, iste’mol kreditlari va mijozlar qamrovining yanada oshganidir. Ipoteka-bankning iste’mol kreditlar bozoridagi ulushi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganida 6,5% dan 9,6% ga, o‘z navbatida aktiv mijozlar soni ham 1,5 mln.dan 1,7 mln.ga oshganini ko‘rishimiz mumkin.

Tez o‘sib borayotgan operatsion foydaga qaramasdan, 2024 yilning birinchi choragida bank sof foydasi 3,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning birinchi choragida 374 mlrd. so‘mga yetgan.

Sof foydaning kamayishi olingan yuqori operatsion daromadlarning Markaziy bank talablariga asosan korporativ kreditlar uchun zaxira shakllantirilishiga yo’naltirilganligi. Ipoteka-bank OTP Guruhi a’zosiga aylanganidan buyon guruhning ko‘magi bilan xalqaro va milliy standartlarga muvofiq yetarlicha zaxiralarni yaratgan holda portfeldagi kreditlarni munosib baholash ustida faol ish olib bormoqda va kredit portfelining yaxshilanishi bevosita bank sof foydasiga ijobiy ta’sir qiladi.

Bizning maqsadimiz bankning zamonaviy bank imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, yuqoridagi ko‘rsatkichlar mijozlarimiz va biznes hamkorlarimiz bilan o‘zaro munosabatlarga ta’sir ko‘rsatmasligi tarafdorimiz. Hozirda, Ipoteka-bank mijozlar uchun xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida texnologiyalarimizni modernizatsiya qilish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish uchun katta sarmoya kiritmoqda.