Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” АTIB va Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining “Woman in business СА” dasturi doirasidagi qoʼshma loyihasiga start berildi

Nashr etilgan: 29 aprel, 2022

“Woman in business СА” dasturi doirasida ayollarning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼyish, ayollarning moliyaviy savodhonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish koʼzda tutilgan.



Natijada “Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi oʼrtasida ayollarni moliyaviy bilimlarini yanada oshirish boʼyicha har bir hududda seminarlar oʼtkazish toʼgʼrisida shartnoma imzolangan. 



Joriy yil 28-29 aprel kunlari ayol tadbirkorlar uchun “Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Raqobatbardoshlikni baholash” hamda “Marketing” mavzularida ilk trening bankning Samarqand filialida oʼtkazildi.