Nashr etilgan: 28 dekabr, 2023
2023 yil 25 dekabr kuni “Ipoteka-bank” ATIB aksialarining qo’shimcha 21-chiqarilishi 844,6 mlrd. so'm miqdorida joylashtirilgandan so'ng bankning ustav kapitali 3 834,2 mlrd. so'mni tashkil etdi.
Aksiyalar qo’shimcha chiqarilishi to’grisidagi qaror O’zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2023 yil 12 dekabrda R0775-21-son bilan ro’yxatga olindi.
Qo’shimcha chiqarilishining shartlariga muvofiq, aksiyalar OTP Bank Nyrt.ga joylashtirildi.
Bank aksiyalarining oxirgi joylashtirilishi 2021 yil 12 iyuldagi № P0775-20-sonli aksiyalarni qo‘shimcha chiqarish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq 122,4 mlrd. so‘m miqdorida amalga oshirilgan.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari to‘g‘risidagi Bildirishnoma (21-chiqarilishi)