Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” ATIB va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik ishlari samarali davom etmoqda

Nashr etilgan: 28 iyul, 2021

“Ipoteka-bank” ATIB va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) o‘rtasidagi hamkorlik ishlari samarali davom etmoqda, bunga misol sifatida navbatdagi martta bankning Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimida band bo‘lgan va boshqa tegishli xodimlar malakasi oshirildi.

Avvalroq ma’lum qilinganidek ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish standartlari bankning ushbu risklar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha aktiv operatsiyalari (kredit, bank kafolatlari va kifilliklari taqdim qilish, lizing, sug‘urta, savdoni moliyalashtirish, korxona / tashkilotlar ustav jamg‘armasiga investitsiya kiritish) hamda bankning sho‘ba tashkilotlari (“Ipoteka-leasing” MChJ va “Imkon sug’urta” MChJ) faoliyatiga 01.07.2021 yil sanasidan joriy qilindi.


Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish standartlari bankning yuqorida qayd etilgan amaliyotlari doirasida qo‘llanilishi jarayonida, amaliyotlarni bajarilishida qatnashayotgan va ayniqsa ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimida band mas’ul xodimlar orasida yuzaga kelayotgan amaliy savollarga bank bosh ofisida faoliyat yurituvchi ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan javoblar berilib, ular bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Hamda ushbu savollar ro‘yhati shakllantirilib, XMK tomonidan ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirib borish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yollangan konsulьtanti Evgeniya Burnakovaga taqdim qilindi.

XMK konsulьtanti tomonidan bankning ekologik va ijtimoiy risklarini boshqarish bo‘limi bilan hamkorlikda, taqdim qilingan savollar ro‘yhati asosida hamda tasdiqlangan transformatsiya rejasiga asosan ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimida band bo‘lgan va boshqa tegishli xodimlar malakasini oshirish maqsadida joriy yilning 23 va 24 iyulь kunlari o‘quv-amaliy mashg‘ulot (vebinar) tashkil qilindi.


Vebinarda qayd etilgan aktiv amaliyotlar (kredit, bank kafolatlari va kafilliklari taqdim qilish, lizing, sug‘urta, savdoni moliyalashtirish, korxona / tashkilotlar ustav jamg‘armasiga investitsiya kiritish) hamda bankning sho‘ba tashkilotlari (“Ipoteka-leasing” MChJ va “Imkon sug’urta” MChJ)lardan ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish jarayonida ishtirok etayotgan mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Vebinar yakuni bo‘yicha ishtirokchilar va tashkilotchilar o‘rtasida savollar almashinilib, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida yakuniy xulosalar jamlandi hamda ular Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish sohasining kelgusi ish faoliyati va keyingi uquv-amaliy mashg‘ulotlar rejasidan o‘rin egalladi.