Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

2024-yil 4 oyligi bo’yicha ipoteka-bank dayjest

Nashr etilgan: 27 may, 2024

MUHIM KO‘RSATKICHLAR:

Bank aktivlari: Milliy hisob standartlariga ko’ra 2024 yil 1 may holatiga bankning jami aktivlari yil boshiga nisbatan 1 foizga oshib, 48,0 trln. so‘mni tashkil etgan. Jumladan, moliyaviy aktivlar 11,1 trln. so‘mni, kredit portfeli 35,0 trln so‘mni va boshqa aktivlar 1,9 trln. so‘mni tashkil etgan.

Bank kredit portfeli yaxshi diversifikatsiyalangan bo‘lib, portfelda chakana kreditlarning ulushi 62 foiz va korporativ kreditlarning ulushi 38 foizdan iborat.

Bank depozitlari: 2024 yil 1 may holatiga bank depozit bazasi yil boshiga nisbatan barqaror o‘sish kuzatilgan va depozitlar qoldig‘i 18,8 trln. so‘mni tashkil etgan. Bu o‘sish mijozlarning bank depozit mahsulotlarini va xizmatlarini jozibadorligini hamda ularga bo‘lgan mijozlarning ishonchini ko‘rsatadi.

Bank kapitali: Ipoteka-bankning jami kapitali 7,6 trln. so‘mga yetib, bankning investitsiyaviy faolligini yanada oshirishga zamin yaratildi. Bankning 1-darajali kapitali yetarliligi ko‘rsatkichi 14,6 foizni, regulyativ kapital yetarliligi ko‘rsatkichi esa 16 foizni tashkil qilib, Markaziy bank me’yorlariga javob beradi.

Daromadlilik: 2024 yil aprel oyi yakunlariga ko‘ra Ipoteka-bankning operatsion daromadi 26,9 foizga oshib, 2,1 trln. so‘mni tashkil etdi. Bank operatsion daromadlari o‘sishi yuqori darajada bo‘lishi sof foizli daromadlar, barqaror kredit hajmining o‘sishi va yuqori bo‘lmagan xarajatlar hisobiga shakllandi. Xarajatlarning effektivligi (CIR) ko‘rsatkichi esa an’anaviy barqaror operatsion samaradorlik tufayli 23,9% gacha yaxshilandi.

Bank tomonidan jalb qilingan resurslar qiymatining pasaytirilishi, bozor tamoyillari asosida kreditlashga o‘tish va samarali boshqarilishi, Sof foizli marja (NIM)ning (8 foizgacha) oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

BOZORDAGI O‘RNIMIZ:

Ipoteka-bank respublika banklar bozoridagi o‘rnini mustahkam egallab kelmoqda. Bank tizimidagi aktivlar va depozitlarning 7 foizi, Ipoteka-bank hissasiga to‘g‘ri kelsa, chakana kreditlar bozorida 15 foiz, jumladan ipoteka kreditlash bozorida 24 foiz ulush bilan yaqqol lider bo‘lib qolmoqda.

MUHIM TAYINLOV:

Pál Gombos - Boshqaruv Raisi o‘rinbosari - IT bloki rahbari etib tayinlandi.

MUHIM VOQELIKLAR:

- OTP Bank “Ipoteka-bank” ATIB ustav kapitaliga qo‘shimcha ~70,0 mln. AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritgan holda, bank kapitalidagi o‘z ulushi miqdorini 79,6 foizgacha oshirdi.

- 2024 yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahar filiallarida bek ofis funksiyalarini markazlashtirish jarayonlari boshlandi.

- Ipoteka-bankning 1,4 trillion so‘mlik uch yillik yevroobligatsiyalari 2024-yil 25-aprel kuni xalqaro Vena fond birjasida yillik 20,5% kupon stavkasi bilan muvaffaqiyatli joylashtirildi.

YANGI MAHSULOT:

O’z-o’zini band qilgan fuqarolarga ipoteka krediti berilishi boshlandi.

ERISHILGAN YUTUQLAR/E'TIROF:

- "Humo" milliy to'lov tizimi tomonidan Ipoteka-bank "Naqd pulsiz to'lovlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi" uchun e'tirof etildi.

MUHIM TADBIRLAR:

- 13-fevral: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaning eng yirik banki Direktorlar Kengashi Raisi, Boshqaruv Raisi va Presidenti Dr. Sándor Csányini qabul qildi va “Do’stlik” orderi bilan mukofotladi.

- 29-fevral kuni YeTTBning Toshkentdagi vakolatxonasi binosida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyoda tadbirkor ayollar (Women in Business - WiB) dasturi va O‘zbekistonda Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirishning ikkinchi dasturi (Green Economy Financing Facility II - GEFF II) doirasida “Ipoteka-bank” ATIB va YeTTB o‘rtasida umumiy summasi 20 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit kelishuvlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

- Bank xodimlari tomonidan har oyning to‘rtinchi chorshanbasi “Avtomobilsiz kun”ga amal qilinishi boshlandi .

- “Global money week” tadbiri doirasida Respublika bo’yicha jami 28 ta maktabdagi 1500dan o’rtiq maktab o’quvchilariga, 500dan o’rtiq oliy ta’lim dargohlari talabalariga “Raqamli moliyaviy savodhonlik, raqamli havfsizlik” mavzularida darslar o’tib berildi.

- Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Kichik va o‘rta biznesni kengaytirish: davlat, investorlar va tadbirkorlarning roli” mavzusida biznes nonushta tashkil etildi.