Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Moliyaviy savodxonlik davr talabi

Nashr etilgan: 27 aprel, 2023

Yosh avlodni har tomonlama yetuk bo’lib voyaga yetishi va jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishida ularning egallagan puxta bilimi muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, moliyaviy saxodxonlik borasidagi ko’nikmalarni oshirilishida jamiyatning barcha a’zosi birday qatnashihi muhimdir.



Joriy yilning 25-27 aprel kunlari Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi 18-sonli hamda Xorazm viloyatining Urganch shahridagi 7-sonli umumtaʼlim maktablarida “Moliyaviy barqarorlik”, “Moliyaviy rejalashtirish” va “Raqamli moliyaviy savodxonlik” mavzularida interfaol usulda mahorat darslari oʼtkazildi. Ochiq darslar davomida oʼquvchilar zamonaviy bank xizmatlari, toʼlov kartalaridan foydalanish usullari va uning afzalliklari, omonat va ularni jamgʼarish turlari, kiberxavfsizlik, daromad olish imkoniyatlari va kredit borasida maʼlumotlarga ega boʼlishdi. Tadbir soʼnggida, faol maktab oʼquvchilariga esdalik sovgʼalari topshirildi. 



Ma’lumot o’rnida, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, jamgʼarish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi “Umumjahon pul haftaligi” tadbiri Markaziy banki tashabbusi bilan har yili Respublikamizning turli hududlarida o’tkazib kelinadi.  

Moliyaviy savodxonlikka oid barcha ma’lumotlarni, shuningdek, bankimizning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi (telegram, instagram va facebook) sahifalari orqali muntazam tanishib borishingiz mumkin.