Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining CAWIB dasturi doirasida Ipoteka-bankda ekspertlar bilan navbatdagi uchrashuv boʼlib oʼtdi

Nashr etilgan: 26 oktyabr, 2021


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan imzolangan shartnomaga koʼra Аyollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun jalb qilingan mablagʼlarni joylashtirish, mijozlarga mahsulotni toʼgʼri targʼib qila olish yoʼllarini tahlil uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Аyollar tadbirkorligini rivojlantirish boʼyicha jalb qilingan “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” vakillari bilan Аyollar tadbirkorligini rivojlantirishda raqamli marketingni oʼrni va istiqbollari mavzusida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Guruh tarkibiga kiritilgan YTTB ekspertlari Cathleen Tobin (Xalqaro WIB moliyaviy yetakchi eksperti),  Andreas Francke (Dastur rahbari), Teona Mikadze (Xalqaro Аloqa va marketing yetakchi eksperti), Inoyatxon Sadikova (Yetakchi bank eksperti), Lola Umarova (Yetakchi bank eksperti) va Malika Аbdulvasieva (Yetakchi WIB moliyaviy ekspert) bankka tashrif buyurib, dastur yuzasidan qoʼshimcha maʼlumotlar berib, yangi yoʼnalishlar boʼyicha olib borilishi lozim boʼlgan ishlar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, xalqaro ekspertlar bankning Shayxontoxur filialiga tashrif buyurib filial ishlash tizimini yaqindan oʼrgandi.