“Woman in bussines СА” dasturi doirasida navbatdagi qoʼshma loyiha Mehnat filialida Yashnobod va Yunusobod filiallari mijozlari uchun
Nashr etilgan: 26 iyul, 2023
«Ipoteka bank» АTIB hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Woman in bussines CА” dasturi doirasida joriy yilning 25 iyul kuni Mehnat filialida Yashnobod va Yunusobod filiallari mijozlari boʼlgan ayol tadbirkorlar ishtirokida “Zamonaviy biznesni yuritish yoʼllari” mavzusida seminar-trening boʼlib oʼtdi.
Seminar davomida ayol tadbirkorlar guruhlarga boʼlingan holda interaktiv “Mikro biznes” oʼyinida ishtirok etdilar.
Ushbu tashkil etilgan seminar-trening orqali ayol tadbirkorlar biznesni yuritishda ilgʼor bank texnologiyalari va bank xizmatlarining innovatsion yondashuvlari toʼgʼrisida xabardor boʼlgan holda, mijozlarni oʼzaro fikr almashish hamda oʼz faoliyatlari davomida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan risklarni baholash salohiyatlariga ega boʼldilar.