“Woman in bussines СА” dasturi doirasida navbatdagi qoʼshma loyiha Toshkent viloyati Chirchiq filialida
Nashr etilgan: 26 iyun, 2023
“Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Biznes plan” hamda “Marketing” mavzularida joriy yilning 20-21 iyun kunlari ayol tadbirkorlar uchun navbatdagi trening Toshkent viloyati Chirchiq filialida oʼtkazildi.
“Woman in bussines СА” dasturi doirasida ayollarning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼyish, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish koʼzda tutilgan boʼlib, ayol tadbirkorlar uchun biznesda barqarorlikni saqlab qolish va yangiliklar kiritib moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda ularga yangi xizmatlar koʼrsatish va hamkorlar topish boʼyicha maslahatlar berishni oʼz ichiga oladi.
“Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda hududlarda oʼtkazilayotgan treninglarimizda ishtirok etishingizni kutib qolamiz.
Keyingi manzil Fargʼona viloyat filiali.