Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

"Ipoteka bank" ATIB – xotin qizlarni tadbirkorlik yo‘nalishida qo‘llab quvvatlashda davom etmoqda

Nashr etilgan: 26 aprel, 2024

Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimiz ravnaqiga xizmat qilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining ayollar tadbirkorligi va ishbilarmonligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator farmonlari natijasini muvaffaqiyatga erishib kelayotgan va islohotlarga o‘z hissasini qo‘shish istagida bo‘lgan, bankimiz mijozi Olga Petrakova misolida ko‘rishimiz mumkin.

Bugungi kunda Toshkent shahrida o`z biznesini muvaffaqiyat bilan olib borayotgan Olga Petrakova doim tadbirkorlik bilan shug`illanishni orzu qilgan. Ammo u o`z tadbirkorlik faoliyatini o`zining yaqin dugonasi Nafisa Fazilova bilan boshlashi haqida o`ylamagan edi. Shunday bo`lsada, hozirda yuridik tashkilotlarga o`z maishiy xizmatini ko`rsatib kelayotgan Olga Petrakova va Nafisa Fazilovalar 2021 yil 16 noyabrda "BREZZA LAUNDRY" mas`ulyati cheklangan jamiyatiga asos soldilar.  


Qahramonimiz turli yo`nalishdagi mijozlarga hizmat ko`rsatish uchun asbob-uskunalar sotib olish maqsadida “Ipoteka-bank” ATIB Mehnat filialiga murojaat etadi va 48 000 AQSh dollari miqdorida moliyalashtiriladi.

Har bir mijozga individual yondashish va birinchi darajali xizmatlarni taqdim etish istagi tufayli  "BREZZA LAUNDRY" MCHJ tezda raqobatchilar orasida o`z o`rnini topdi. Olga Petrakova va Nafisa Fazilovalar ko'plab sodiq mijozlarni jalb qilishga va o'z sohalarida professional sifatida mijozlar yodida qolishga muvaffaq bo'lib kelishmoqda. Ularning aytishicha korxona shiori "Bizning maqsadimiz professional parvarish, ishonchli sifat va benuqson xizmatdir" ekan. 

Ipoteka bank doim mijozlarini qo‘llab-quvvatlashga shay.