Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Hurmatli mijozlar!

Nashr etilgan: 26 aprel, 2022

Аgar, Siz bankimizda karta ochgan davrdan hozirgi kunga qadar oʼzingizning shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni almashtirgan boʼlsangiz (va bu haqida bankka xabar bermagan boʼlsangiz), u holda Sizdan:

- oʼzingizga yaqin boʼlgan manzildagi «Ipoteka-bank» АTIB filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat* bilan tashrif buyurishingizni;

- yoki soat 9:00 dan 18:00 ga qadar 78150-11-22 telefon raqamiga yoki 1233 qisqa raqamiga qoʼngʼiroq qilgan holda shaxsiy maʼlumotlaringizni tasdiqlashingizni soʼraymiz.

Shuningdek, belgilangan identifikatsiya qilish tartib-qoidasidan oʼtmagan mijozlarning hisobvaraqlari va bank kartalari tranzaktsiyalari cheklanishi mumkinligini ma'lum qilamiz.


* biometrik pasport, ID-karta, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari