Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ta'lim krediti ajratilishi jadal davom etmoqda

Nashr etilgan: 25 oktyabr, 2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ–5203-sonli qaroriga asosan, joriy yildan boshab oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida toʼlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yoʼlga qoʼyildi.
Unga koʼra, taʼlim kreditlari muddatlari va foiz stavkalari, shuningdek, kredit boʼyicha boshqa shartlar yengillashtirildi.

Xususan,

  •  taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʼqish muddati tugagandan soʼng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytarilishi;
  •  tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan resurslar hisobidan taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratilishi;
  •  taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʼlgan oila aʼzolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashish huquqiga egaligi belgilandi.


Taʼlim krediti rasmiylashtirish maqsadida "Ipoteka–bank" АTIB filiallariga murojaat qilayotgan talabalar va ularning oila aʼzolari yoki kafillardan faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda Oliy oʼquv yurti bilan tuzilgan shartnoma talab etilmoqda.

Bugungi kunga kelib yangi tartib asosida, Ipoteka–bank tomonidan 3 800 dan ortiq talabaga qariyb 35 mlrd.soʼm taʼlim kreditlari ajratildi. Shuningdek, bank tomonidan talabalarga ushbu yoʼnalishda kredit ajratish ishlari jadal davom ettirilmoqda.

Hurmatli talabalar va ota–onalar!
Аgar Sizda taʼlim krediti uchun ehtiyoj yuzaga kelsa, Ipoteka–bank filiallari va bank xizmatlari markazlariga murojaat qilishingizni soʼraymiz.

Qoʼshimcha maʼlumotlar uchun 78-150-11-22 va 1233 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.