Nashr etilgan: 25 iyul, 2024
Xizmat koʼrsatishimizni yaxshilash va joriy bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda depozitlarga oid shartlar boʼyicha oʼzgarishlar qilinganligini ma’lum qilamiz.
2024-yil 5 -avgustdan boshlab "Talab qilib olinguncha omonat" mahsuloti boʼyicha foiz stavkasi 0,01%dan 0%ga tushiriladi. Shu bilan birga joriy hisobvaraqlardagi qoldiq mablag’ uchun hisoblanuvchi 0,01% bekor qilinadi. Bu choralar bizga mahsulotlarimizni optimallashtirish va kelajakda siz uchun koʼproq foydali shartlar taklif qilish imkonini beradi.
Biz sizning ishonchingizni qadrlaymiz va har bir mijozimiz bizning hamkorligimizdan mamnun bo’lishini istaymiz. Bizning vebsaytimiz va mobil ilovamizdagi yangiliklarni kuzatib boring. U yerda siz bank mahsulotlari va xizmatlari haqida doimiy ravishda yangilangan xabardor bo’lasiz