Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” ATIBda Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimi bank faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olmoqda

Nashr etilgan: 25 iyun, 2021

Bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, bank-moliya tizimida ham islohotlar davom etmoqda. Buning natijasida “Ipoteka-bank” ATIB faoliyatiga ilg‘or xorij tajribasini joriy qilish bo‘yicha bankning strategik hamkorlari hisoblangan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan qator kelishuvlar imzolangan.

Ushbu kelishuvlar doirasida, shuningdek bankning o‘z tashabbusi bilan bankda ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bular qatorida, Bankning ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish bo‘yicha siyosati va ushbu tizim bo‘yicha ichki me’yoriy hujjatlari bankning tegishli hamkorlari hisoblangan XMK, ETTB va OTBlarning ushbu sohadagi katta tajribasiga asoslangan holda qayta ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilinmoqda.

Ta’kidlash joizki, yangi tizimda ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish standartlari bankning ushbu risklar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha aktiv operatsiyalari (kredit, lizing, sug‘urta, savdoni moliyalashtirish, korxona / tashkilotlar ustav jamg‘armasiga investitsiya kiritish) hamda bankning sho‘ba tashkilotlari (“Ipoteka-leasing” MChJ va “Imkon sug’urta” MChJ) faoliyatiga ham joriy qilinmoqda.

Shuningdek, ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimini samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, yangi standartlarni qayd etilgan bankning aktiv operatsiyalari va sho‘’ba tashkilotlari faoliyatiga samarali joriy qilish maqsadida bank Bosh ofisi, filiallari va sho‘’ba korxonalarining sohaga mas’ul tegishli rahbar va mutaxassislari malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bular qatoriga Bank risklarini boshqarish departamenti tomonidan joriy yilning mart va iyunь oylarida onlayn tarzda Zoom platformasida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini misol qilish mumkin. O‘tkazilgan amaliy seminar treninglarda ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish ahamiyati, mazmun-mohiyati kabi asosiy yo‘nalishlar bilan bir qatorda ushbu tizim bo‘yicha amaliyotda yuzaga kelayotgan savol va masalalar qizg‘in muhokama qilindi, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvi amalga oshirildi.





Bulardan tashqari, bankda ushbu sohada amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan bo‘lib, ularni ijrosi bo‘yicha ishlar davom etmoqda va doimiy nazorat o‘rnatilgan.

Shuningdek, Ipoteka-bank kelgusida o‘zining faoliyatida va bank xizmatlari ko‘rsatilayotgan mijozlarining loyihalarida ekologiya va ijtimoiy sohalarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni aniqlash, baxolash, ularning salbiy oqibatlarni oldini olish va imkon darajasida kamaytirish bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rib borishini ma’lum qiladi.