Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank faoliyati va taqdim etilayotgan bank xizmatlari yuzasidan savollaringiz bormi?

Nashr etilgan: 25 mart, 2022

Moliyaviy konsultantlarimiz barcha  savollaringiz boʼyicha tez va aniq maslahat berishga tayyorlar.

"Contact center" mutaxassislari bilan 78-150-11-22 telefon raqami yoki 1233 qisqa raqamini terish orqali bogʼlanish mumkin.
 
Maʼlumot uchun, 2021 yilda "Contact center"ga bank mijozlari va aholi tomonidan 466 000 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan hamda o'z yechimini topgan. Jami murojaatlarning 40%ini bank kartalari bilan bogʼliq masalalar, 27%ini valyuta ayirboshlash, 31%ini esa kredit olish va boshqa masalalar (mobil ilova, elektron hamyon, onlayn omonat bilan ishlash) bilan bogʼliq murojaatlar tashkil qilgan.