Nashr etilgan: 25 yanvar, 2023
2023 yil 24 yanvarda «Moodys» xalqaro reyting agentligi Oʼzbekistondagi bir qancha banklar boʼyicha reytinglarni yangiladi. Xususan, Moodys hisobotiga koʼra Ipoteka-bankning uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi depozit reytinglari “Barqaror” istiqbol bilan “B1” dan “Ba3” darajaga koʼtarildi.
Reytingning oshirilishiga, Moody'sning fikricha, Oʼzbekiston suveren reytingining koʼtarilishi hamda Ipoteka-bankning davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlanishi asos boʼlgan.
Shuningdek, Moodys tahliliga koʼra, kelgusi 12-18 oy davomida Ipoteka-bankning kredit profili barqaror holda saqlanib qolinishi kutilayotganligi sababli, reyting istiqboli “Barqaror” darajada baholanmoqda.
Ipoteka-bank keyingi yillarda ham oʼzining bank mahsulotlarini koʼpaytirish, xizmat koʼrsatish sifatini oshirish va barcha biznes-segmentlaridagi mijozlariga yuqori sifatli xizmat koʼrsatish orqali daromadlilikni oshirishni maqsad qilib olgan.
Bank reytinglari boʼyicha batafsil maʼlumot:
https://www.ipotekabank.uz/uz/investors/shai_credr/